28 fevral yovvoyi hayvon va qushlarni ovlashga ruxsat etilgan so‘nggi kun bo‘lib, 1 martdan ov mavsumi yakuniga yetadi. Ovchilardan ularga berilgan yo‘llanmalarni 10 kun muddatda tegishli tartibda topshirish so‘raldi.
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarovning qush ovlagani aks etgan video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqardi. Bokschi holat yuzasidan «Gazeta.uz»ga izoh berdi. «[Qushlar] Qizil kitobga kiritilmagan-ku. Odamlar gapiraveradi, e’tibor qilmanglar», — dedi sportchi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting